Biz haqimizda

Bizning jamoa shakllanganligiga 10 yildan ortiq vaqt bo`lgan bo`lib, jamoa tarkibi zaruriy bilim va malakaga ega bo`lgan bosh buxgalterlar, auditorlar, konsultantlar, soliq inspektorlaridan iborat. Bularning hammasi tegishli sertifikat va diplomlar bilan o`z tasdig`ini topgan. Jamoamizning maqsadi buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish sohasida sifatli professional xizmatlar ko`rsatishdan iborat. Buxgalteriya xizmatlari eng zarur bilim va zamonaviy texnologiyalarni qo`llagan holda professional darajada ko`rsatiladi. Mijozlarga xizmat ko`rsatuvchi buxgalterlarning ishlari oqilona taqsimlanganligi tufayli ular mijoz ma’lumotlarining har bir raqamiga alohida e’tibor bera oladilar.